Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2021 yilning iyun oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi.

Admin   05,07-2021 674

Unga ko‘ra, Markazning Yuridik ishlov berilgan va nazorat holatiga keltirilgan hujjatlarni tekshirish bo‘limi bosh maslaxatchisi Umarova Gulnihol Tolibjonovna “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

G. Umarova ish faoliyatini 2011 yilda Toshkent viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi katta maslahatchisi, Tashkiliy-nazorat va tahlil shoʻbasining yetakchi maslahatchisi, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi QHMMBga yuridik ishlov berish bo‘limining yetakchi maslahatchisi, Toshkent shahar adliya boshkarmasi Mirobod tuman bo‘limi yetakchi maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” huquqiy axborot markazi Normativ-huquqiy hujjatlarga yuridik ishlov berish bo‘limi katta maslahatchisi Yuridik ishlov berilgan va nazorat holatiga keltirilgan hujjatlarni tekshirish bo‘limi katta maslaxatchisi, Yuridik ishlov berilgan va nazorat holatiga keltirilgan hujjatlarni tekshirish bo‘limi yetakchi maslaxatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2021 yil 25 yanvardan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi Yuridik ishlov berilgan va nazorat holatiga keltirilgan hujjatlarni tekshirish bo‘limi bosh maslaxatchisi

Umarova Gulnihol Tolibjonovnani ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.