Yosh olimlar uchun grant ajratildi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqida “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi g‘oliblarining ilmiy ishlanmalari taqdimoti o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.
Yoshlar ittifoqi muassisligidagi Respublika yosh olimlar kengashi vazirlik hamda tashkilotlar bilan birgalikda bakalavriat, magistratura, doktoranturada tahsil olayotgan, shuningdek, mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 18-35 yoshdagi izlanuvchilar oʻrtasida “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovini tashkil etdi.
Aniq, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar yoʻnalishida toʻqqizta yosh olimga loyihalarni amaliyotga birlamchi tatbiq etishi uchun 5 million soʻmdan berildi. Yosh olimlarning bu loyihalari oʻzini oqlasa, Oʻzbekiston sharoitida amaliyotga tatbiq etish mumkin boʻlsa, ularga yana 5 million soʻmdan mablagʻ ajratiladi.
“Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovini oʻtkazishdan asosiy maqsad jamiyatdagi ijtimoiy muammolarga yechim topish va iqtisodiy samaradorlikka erishish, yoshlar faolligini oshirishdan iboratdir.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda!
12 818 foydalanuvchi
91 124 foydalanuvchi
56 987 foydalanuvchi
91 881 foydalanuvchi