Yuqoriga

Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to'g'risidagi Qonun

Admin   12,03-2019 82

Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ-528, 11.03.2019 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Mazkur Qonunning maqsadi, fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlashni tartibga solishdan iborat.

Qonunga muvofiq, fuqarolar kontrasepsiya usullarini tanlash, ulardan foydalanish, shuningdek ularni rad etish huquqiga ega.

Fuqarolarga sog‘lig‘ining holati, yoshi va individual xususiyatlari hisobga olingan hamda nomaqbul oqibatlar haqida ogohlantirgan holda kontrasepsiya usullarini yakka tartibda tanlash bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Kontrasepsiyaning jarrohlik usuli voyaga yetganlarning yoki er-xotinning yoxud muomalaga layoqatsizlar vasiylarining roziligi bilan amalga oshiriladi.

Qonunga ko‘ra, homiladorlikni sun’iy tushirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

– homiladorlikning o‘n ikki haftasigacha ayolning xohishiga ko‘ra;

– homiladorning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lganida homiladorlikning istalgan muddatida.

Qonunga ko‘ra yordamchi reproduktiv texnologiyalar qo‘llanilishi haqidagi, shuningdek ularning ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlar shifokorlik siri sifatida qo‘riqlanadi.

 

Huquqiy axborot kanalidan olindi.