Yuqoriga

XALQARO HAMKORLIK O‘RNATILDI

Admin   23,04-2019 244

Joriy yilning 23-aprel kuni "Adolat" huquqiy axborot markazi binosida Belarus Respublikasi Milliy huquqiy axborot markazining mas’ul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Markazning vazifa va funksiyalari, strukturasi, yo‘nalashlari va huquqiy axborotni tarqatish tizimi hamda Milliy baza, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

O‘z navbatida Belarus Respublikasi Milliy huquqiy axborot markazi mas’ul xodimlari ham o‘z Milliy markazlari faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berishdi. Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” huquqiy axborot markazi hamda Belarus Respublikasi Milliy huquqiy axborot markazi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Bitimning asosiy maqsadi huquqiy axborotni tarqatish, normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish, norma ijodkorligi sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanish, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini xorijiy tillarga tarjima qilish, huquqiy axborotni almashish va mazkur sohalarda bo‘lib o‘tadigan konferensiya, seminar va boshqa tadbirlar haqida ma’lumot berib borishga qaratilgan.