Yuqoriga

Davlat tibbiyot tashkilotlari hamda respublika aholisini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan...

Admin   06,03-2019 1012

Davlat tibbiyot tashkilotlari hamda respublika aholisini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori (185-son, 01.03.2019 y) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil Davlat byudjyeti hamda mahalliy byudjyet hisobidan:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalariga dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun mablag‘lar ajratiladi;
– davlat tibbiyot tashkilotlari xarajatlarida dorilar va tibbiyot buyumlari uchun rejalashtirilgan byudjyet mablag‘lari hududiy sog‘liqni saqlash organlariga xarajatlar smetasining tegishli satrida jamlanadi.

“O‘zmedimpeks” DUKga dorilar va tibbiyot buyumlarini yetkazib berganlik uchun respublika byudjyetidan mablag‘lar ajratiladi.

 

Huquqiy axborot kanalidan olindi.