Yuqoriga

Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik...

Admin   06,05-2019 105

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ–534, 02.05.2019 y.)

Jinoyat kodeksiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi.

Mazkur harakatlar og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

 

Huquqiy axborot kanalidan olindi.