Yuqoriga

“Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Admin   25,03-2019 469

Hukumat qarori (240-son, 22.03.2019 y.) bilan “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, ko‘krak nishoni bilan davlat organlari xodimlari aholining huquqiy savodxonligini oshirishdagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.

Davlat organlari o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 1 oktyabrga kadar adliya organlariga taqdim etishi lozim.

Adliya vazirligida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, har yili 20 noyabrga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi.

Ko‘krak nishoni Konstitusiya kuni arafasida adliya vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.

 

Huquqiy axborot kanalidan olindi.