Yuqoriga

Zubaydullayev Sherzod Irkinovich

1986-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 

Ma’lumoti oliy, 3-darajali yurist. 

2008-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini turizm marketingi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” huquqiy axborot markazi bosh buxgalteri.

Mehnat faoliyati:

2003–2006-yillarda Samarqand shahridagi “Sharq” klubi garderobchisi

2004–2008-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

2009–2013-yillarda Samarqand viloyati Adliya boshqarmasida hisobchi, iqtisodchi, yetakchi buxgalter

2013–2015-yillarda “Adolat” nashriyoti davlat korxonasi obuna bo‘limi menejeri, yetakchi buxgalteri, bosh buxgalteri

2015–2018-yillarda “Adolat” nashriyoti davlat korxonasi bosh buxgalteri 

2018-yil 1-iyundan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” huquqiy axborot markazi Moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i – bosh buxgalter vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.