Yuqoriga

Ochilov Alijon Muxlisovich

Ochilov Alijon Muxlisovich 1975-yil 18-avgustda tug‘ilgan.

Ma’lumoti — oliy, huquqshunos.

1998-yilda Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

1998-yil Buxoro viloyat «Buxorosuvqurilish» boshqarmasiga qarashli 42-sonli ko‘chma mexanizasiyalashgan kolonnasining huquqshunosi,

1999–2003-yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi yetakchi va bosh maslahatchisi,

2003–2008-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining katta maslahatchisi, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari,

2008–2009-yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari,

2009–2010-yillarda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari,

2010–2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’lim boshqarmasining boshlig‘i va Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasining boshlig‘i,

2017–2019-yillarda Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i,

2019-yil (yanvar-fevral) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2019-yil fevral oyidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” huquqiy axborot markazi” DUK direktori.