Yuqoriga

Mamajonov Murodjon Anvarjonovich

1984-yilda Andijon viloyati Bo‘z tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy, 3-darajali yurist. 

2005-yilda Andijon davlat universiteti, 2007-yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” huquqiy axborot markazi Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘limi boshlig‘i.

Mehnat faoliyati:

2007–2010-yillirda Toshkent shahri Yashnabod tumanidagi “Soliobod kommunal servis” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati yurist-maslahatchisi

2010–2013-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi Qonun hujjatlariga yuridik ishlov berish bo‘limi yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi

2013–2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi Normativ-huquqiy hujjatlarga yuridik ishlov berish bo‘limi bosh maslahatchisi

2017-yil mart-iyuĺ oylarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi Normativ-huquqiy hujjatlarni monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i

2017–2018-yillarda  Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazining QHMMBga yuridik ishlov berish bo‘limi Normativ-huquqiy hujjatlarni nazorat xolatiga keltirish guruhi bosh maslahatchisi – guruh rahbari

2018-yil 1-iyundan “Adolat” huquqiy axborot markazi Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.