Yuqoriga

Inanbabayev Akmalxon Maxmudovich

1958-yil 15-dekabrda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi – huquqshunos.

1981-yili Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

1981-yilda Toshkent viloyati Chirchiq shahar prokuraturasining ish o‘rganuvchisi lavozimidan boshlagan.Keyinchalik Chirchiq shahar prokuraturasi tergovchisi, prokuror yordamchisi, prokuraturaning katta tergovchisi,

1991-1992-yillarda O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi, Prokurorning muhim topshiriqlar bo‘yicha yordamchisi,

1992-1993-yillar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman prokurori, prokuror vazifasini bajaruvchi,

1994-1995-yillar Toshkent viloyati Chirchiq shahar prokuraturasi tergovchisi, katta tergovchisi,

1995-1996-yillar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jamoat birlashmalari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i,

1996-2002-yillar Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari,

2002-2003-yillar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, FHDYO va advokatura boshqarmasi boshlig‘i,

2003-2007-yillar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari,

2007-2009-yillar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi boshlig‘i,

2009-2018-yillar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan “Adolat” nashriyoti davlat korxonasi direktori,

2018-2019-yillar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” huquqiy axborot markazi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.