Yuqoriga

Fayzullayev Omonulla Asatullayevich

1984-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy.

2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr bosqichini, 2008-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” huquqiy axborot markazi direktori o‘rinbosari.

Mehnat faoliyati:

2000–2004-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti talabasi

2006–2008-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti magistratura bosqichining talabasi

2008–2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasining katta maslahatchisi, bosh maslahatchisi

2014–2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i 

2018–yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasining boshlig‘i o‘rinbosari

2018-yil yanvar oyidan “Adolat” huquqiy axborot markazi direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelmoqda.