“Adolat” huquqiy axborot markazi haqida

“Adolat” huquqiy axborot markazi haqida

Markaz haqida kitob albom

 

“Adolat” huquqiy axborot markazi – huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish, ma’lumotlar elektron bazasidan foydalanishni ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar, ularga sharhlar, o‘quv va ilmiy adabiyotlar, yuridik ma’lumotnomalar, ensiklopedik va boshqa lug‘atlar, darslik va qo‘llanmalar nashr etishga mo‘ljallangan davlat unitar korxonasidir.

Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmoni va 2018 yil 13 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-sonli Qarori asosida Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi va ixtisoslashtirilgan “Adolat” nashriyoti negizida tashkil etilgan.

 

Vazifalarimiz:

– Qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi(www.lex.uz)da rasmiy e’lon qilish, uni yaratish va saqlashni tashkil qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning undan foydalanishini ta’minlash, doimiy ravishda takomillashtirish, yangilab borish, undagi barcha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni yuridik va texnik tahlil qilish, ularning nazorat holatida bo‘lishini ta’minlash;

– normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbai hisoblangan “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami”ni rasmiy nashr etish;

– himoyalangan aloqa kanallari orqali normativ-huquqiy hujjatlar va tegishli axborot-tahliliy materiallarining barcha davlat organlari va tashkilotlariga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash;

– Kodekslar, sharhlar, qonun hujjatlari to‘plamlari, o‘quv-ilmiy adabiyotlar, darsliklar va qo‘llanmalar, shuningdek, ma’rifiy, badiiy asarlar, aĺbomlar, plakatlar nashr qilish;

– ulgurji va chakana savdo (elektron savdo), nashriyot poligrafiya hamda reklama faoliyatini amalga oshirish;

– Xalqaro hamkorlik

 

Markazda 7 ta bo‘lim faoliyat olib bormoqda.

  • Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘limi
  • Yuridik ishlov berilgan va nazorat holatiga keltirilgan hujjatlarni tekshirish bo‘limi
  • Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini takomillashtirish bo‘limi
  • Tahrir qilish bo‘limi
  • Marketing va reklama bo‘limi
  • Moliya-iqtisod bo‘limi
  • Umumiy bo‘lim

 

Qonun hujjatlarini qayerdan izlaymiz?

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) mamlakatimizda qabul qilingan barcha qonun hujjatlarini e’lon qiladigan yagona rasmiy elektron manba hisoblnadi.

 

Kitoblarimizni qayerdan sotib olishingiz mumkin?

“Adolat” nashr belgisi ostida chop etilayotgan kitoblarni poytaxtimizning Bobur ko‘chasida joylashgan Markazimizga qarashli “Yuridik adabiyotlar” kitob do‘konidan, internet do‘konidan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqa kitob do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin. Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojni hisobga olgan holda, markaz xodimlari yil davomida butun respublika bo‘ylab sayyor kitob savdolarini tashkil etishadi.

 

Maqsadimiz:

– aholining turli qatlamlari, o‘quvchi yoshlar, kichik yoshdagi kitobxonlar, imkoniyati cheklangan shaxslar, talabalar, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar, davlat xizmatchilari uchun huquqiy axborot taqdim etish;

– globallashuv jarayonida yoshlarimizning turli yot g‘oya va madaniyatlar ta’siriga tushib qolishidan himoyalash, odamlarning odam savdosi, giyohvandlik va boshqa turli illatlar domiga tushib qolishining oldini olishda zarur huquqiy adabiyotlar bilan ta’minlash;

– tezkor, shiddatli davr islohotlari talablari asosida yangi qabul qilinayotgan qonunlar, farmon, qarorlar va boshqa huquqiy hujjatlar mazmuni va ulardagi o‘zgarishlar bilan yurtdoshlarimizni muntazam xabardor etib borish.

 

Hurmatli tadbirkorlar!

“Adolat” huquqiy axborot markazi yurtimiz ahlini huquqiy axborotlar bilan ta’minlash, xususan, kodekslar, sharhlar, qonunlar, o‘quv-ilmiy adabiyotlar, darsliklar va qo‘llanmalar, shuningdek, ma’rifiy, badiiy asarlar, aĺbomlar, plakatlar nashri, noshirlik va matbaa mahsulotlarini tayyorlab berish xizmatlari va ularning ulgurji va chakana savdosini tashkil qilishda barchangizni hamkorlikka chorlaydi.

 

Manzilimiz:

Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shohko‘chasi, 19-uy.

Telefon: (71) 233-26-56.

Elektron pochta: info@adolatmarkazi.uz, info@lex.uz

E-xat: adolat_xam@exat.uz

 

Bizni kuzating:

Sayt: www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi)

Telegram: https://t.me/lexuzofficial

Facebook: www.facebook.com/adolatmarkazi1