На верх

Yuqori Сhirchiqda sayyor qabul!

Admin   11,05-2019 1029

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019-yil 12-fevraldagi 52-um-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan “Adolat” huquqiy axborot markazining rahbar xodimlari tomonidan 2019-yil 14-may kuni soat 9-00dan boshlab Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Yangibozor qo‘rg‘oni, Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida sayyor qabul tashkil etiladi.

Mazkur tadbirda xodimlarimiz Markaz tomonidan nashr etiladigan “O‘zbektson Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” va “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami” rasmiy davriy nashrlari, O‘zbekiston Respublikasi kodekslari, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) va sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan savollarga javob berishadi.

Murojaat uchun tel: (91-162-27-28)

Присоединяйтесь к нашим социальным сетям!